Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Alpomish MSG, ko‘ch. Buyuk Ipak Yo‘li, 127a

Yangiliklar

15:39 / 15 04, 2024
Cs v a agat credit kompaniyalari innovatsiyalar va samaradorlikning yangi drajalari yo‘lida

Moliya sektori uchun dasturiy ta’minotning yetakchi yetkazib beruvchisi hisoblangan CS kompaniyasi kompaniya balansini hisobga olish (jumladan kredit bitimlarini ham) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oldida tartibga soluvchi hisobotni shakllantirish uchun bek-ofis yechimini muvaffaqiyatli joriy qildi – B2ng::FIN Agat Credit mikromoliyaviy kompaniyasiga.

 

2023-yilda 25 yildan buyon moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat olib borayotgan Gruziyaning  Crystal mikromoliyaviy kompaniyasi bilan bog‘liq investitsiyaviy platforma Lotus Impact Finance mahalliy Agat Credit (“Mikromoliya tashkiloti” MCHJ) mikromoliya kompaniyasining aksiyadoriga aylangan holda O‘zbekiston Respublikasi bozoriga chiqdi.

 

Eng ilg‘or global amaliyotlarni joriy etish va o‘zbekistonlik mijozlar uchun mikromoliyalashtirishning maqbul tajribasini yaratish maqsadida Agat Credit o‘zining AT infratuzilmasini to‘liq yangilaganini e’lon qildi. Ushbu qaror zamonaviy talablarga moslashish va moliyaviy faoliyatga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha strategik qadam sifatida belgilandi.

 

AT infratuzilmasini yangilash loyihasini amalga oshirish maqsadida Agat Credit bir necha vendorlarni jalb qilib, ulardan biri CS kompaniyasi bo‘ldi. CSning vazifasi B2ng::FIN bek-ofis yechimini amalga oshirish bo‘ldi.

 

B2ng::FIN Agat Kreditning kredit jarayonlari va bek-ofis operatsiyalarini toliq avtomatlashtirishni ta’minlaydi: kredit uchun arizani qabul qilishdan tortib to uni toliq qoplash yoki muammoli qarzdorlikni qayta ishlashgacha bo‘lgan jarayonlarni qanrab oladi.

 

Shuningdek, B2ng::FIN O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki uchun majburiy hisobotlarni shakllantiradi va kredit tarixi byurolari bilan integratsiyani ta’minlaydi.

B2ng::FIN sozlamalarining moslashuvchanligi tufayli Agat Credit mustaqil ravishda, keyinchalik CSni jalb qilmagan holda koplab kredit mahsulotlarini sozlashi, biznes jarayonlariga yoki tizim harakati mantigiga qoshimcha nazorat va cheklovlarni kiritishi, shuningdek, ma’lumotlar bazasida saqlanadigan turli korsatkichlarda hisobotlarni tuzishi mumkin.

 

Taras Leskiv, Loyiha BV, CS

Oʻzbekiston moliyaviy xizmatlar bozori CS uchun yangilik hisoblanmaydi. Biroq bu Oʻzbekistondagi moliyaviy kompaniyada birinchi marta amalga oshirildi. Loyihada ishtirok etgan jamoa aʼzolarining yuqori professionalligi tufayli biz qisqa vaqt ichida Agat Credit kompaniyasini B2ng::FINda ishlashga oʻtkazishga muvaffaq boʻldik. Qoʻshimcha ravishda men Lotus kompaniyasi menejerlari jamoasiga turli vendorlar va bevosita Agat Credit xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman, bu esa ishlar roʻyxatida va amalga oshirilgan funksionallikda sezilarli oʻzgarishlarsiz loyihani oʻz vaqtida amalga oshirishga yordam berganini aytmoqchiman” .

 

Manuchar Chitaishvili, “Agat Credit” Bosh direktori

“Biz O‘zbekiston mikromoliya bozoriga asosiy tizimning xalqaro texnologik yechimini joriy etgan birinchi kompaniya bo‘lganimizdan mamnunmiz. Ushbu tatbiq “Agat Credit”ni institutsional yetuklikning yangi darajasiga olib chiqib, bu bizga zamonaviy texnologiyalar toʻplamini yaratishga imkon berdi va eng muhimi, tartibga soluvchimiz tomonidan oʻrnatilgan hisobot va risklarni boshqarish standartlariga muvofiqligini ta’minlash imkonini berdi. Biz core-tizimining funksionalligi va arxitekturasini, shuningdek, CS kompaniyasi xodimlarining boy tajribasi va professionalligini yuqori baholaymiz. Lotusning yordami tufayli biz loyihani eng qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatli yakunlay oldik”.

 

Giorgiy Janelidze, loyihasi rahbari, Lotus Impact Finance

“Yangi tizimga o‘tish, ayniqsa, yangi texnologiya infratuzilmasini yaratish va yangi biznes modeliga moslashish zarurati tug‘ilganda har doim qiyin vazifa hisoblanadi. Shunga qaramasdan, biz mahalliy va xalqaro miqyosda ko‘plab integratsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. CS bilan hamkorligimiz bebahodir. Katta tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat CS jamoasi loyihaning muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Ularning tajribasi, ishchi axloqi, shuningdek “Agat Credit” bilan sodiqlik va hamkorlik tufayli biz loyihani muvaffaqiyatli yakunlay oldik. Barcha manfaatdor tomonlarning fidoyiligi tufayli biz bunga samarali va natija bilan erishdik, O‘zbekistondagi mazkur tarmoq uchun yangi standartni belgilab oldik. Men Lotus jamoamiz ishidan faxrlanaman, chunki ularning fidoyiligi va sa’y-harakatlari ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.

Получите деньги прямо сейчас

Оставьте заявку

Введите ваши данные и наш менеджер свяжется с вами в ближайшее время

1 млн 10 млн 50 млн 100 млн 150 млн 200 млн 250 млн 300 млн

Оставьте заявку

Введите ваши данные и наш менеджер свяжется с вами в ближайшее время